Loyiha rasmlari
Loyihadagi barcha rasmlarni bitta ro'yxatda ko'rsatadi: qaysi biri havola, qaysi biri loyiha ichida, qaysining fayli yo'qolgan. Havolali rasmni loyihaga joylaydi, yo'qolgan faylni papkadan topib ulaydi, loyiha ichidagi rasmni faylga saqlaydi.
Ishlash tartibi
- Lentada Me'morTools → Hujjatlar → Loyiha rasmlari.
- Ro'yxatda rasmlar guruhlangan: Havola: fayli topilmadi, Havolalar, Loyihaga joylangan, Revit yaratgan. Har qatorda o'lcham (piksel), fayl hajmi va nechta joyda turgani yoziladi. Havolalar oldindan belgilangan.
- Sichqonchani qator ustiga olib boring — o'ngda rasmning o'zi, fayl yo'li va u turgan vid va listlar ko'rinadi.
- Kerakli rasmlarni belgilang va pastdagi tugmalardan birini bosing. Ish tugagach ro'yxat yangilanadi, oyna ochiq qoladi.
Amallar
- Loyihaga joylash — havolali rasm loyiha ichiga o'tadi. Fayl ko'chirilsa yoki o'chirilsa ham rasm yo'qolmaydi, loyihani boshqa kompyuterga berish oson bo'ladi.
- Qayta ulash… — fayli topilmagan havolalar uchun papka tanlaysiz. Plagin papkani ichki papkalari bilan birga ko'rib chiqadi va fayllarni nomi bo'yicha topib ulaydi.
- Papkaga saqlash… — loyiha ichidagi rasmlar PNG fayl bo'lib saqlanadi. Keyin ikki tanlov bor: Faqat saqlash (loyiha o'zgarmaydi) yoki Havolaga aylantirish (loyiha yengillashadi, lekin fayllar shu papkada turishi kerak). Papkada shu nomli fayl bo'lsa, ustidan yozilmaydi — yangi nom beriladi.
Muhim
- Rasmlarning vid va listlardagi o'lchami o'zgarmaydi, hatto boshqa o'lchamli fayl ulansa ham.
- Har amal bitta Ctrl+Z bilan qaytadi. Bitta rasmda xato bo'lsa, faqat o'sha rasm o'tkazib yuboriladi va hisobotda sababi ko'rsatiladi.
- Ro'yxatda qatorni ikki marta bossangiz (yoki Revit'da ko'rsatish), oyna yopiladi va rasm turgan vid ochiladi.
- Ishlatilmagan rasmlarni o'chirish — Modelni tozalash instrumentida.
Muhim loyihada avval loyiha nusxasida sinab ko'ring.
Savol qoldimi? Telegram: @memor_bim