Sozlamalar
Lentada Memor Tools → Sozlamalar. O'zgarishlar darhol qo'llanadi.
- Interfeys tili — o'zbekcha yoki ruscha. Lenta va oynalar Revitni qayta ochmasdan yangi tilga o'tadi.
- Lentadagi bo'limlar — kerak bo'lmagan bo'limlarni yashirish. Yashirilgan bo'lim «Bo'limni tanlash» ro'yxatida ham chiqmaydi.
- Oynalar masshtabi — 90–120%. Istalgan oynada Ctrl + sichqoncha g'ildiragi bilan ham o'zgaradi.
- Log papkasini ochish — xato bo'lsa, bugungi log faylni bizga yuboring.
- Sozlamalarni tiklash — oyna o'lchamlari va yashirilgan bo'limlarni boshlang'ich holatga qaytaradi (til va litsenziya saqlanadi).
- Dastur haqida — versiya, Revit versiyasi, kompyuter ID.
Lentadagi bo'limlar
Instrumentlar bo'limlarga ajratilgan (masalan, Hujjatlar). Bo'lim lentada yig'ilgan holda turadi: ikonkasini bossangiz, ichidagi tugmalar pastga ochiladi.
Memor Tools → Bo'limni tanlash ro'yxatidan bo'lim tanlansa, u lentada ochiq turadi, qolganlari yig'iladi. Hammasi tanlansa, hamma bo'limlar ochiq bo'ladi (joy yetmasa, Revit ularni o'zi yig'adi). Tanlov eslab qolinadi.
Savol qoldimi? Telegram: @memorbim