DWG eksport
Tanlangan listlarni alohida DWG fayllarga chiqaradi. Xohlasangiz, hammasini bitta DWG'ning Model qismiga haqiqiy o'lchamda yig'adi.
Ishlash tartibi
- Lentada Memor Tools → Hujjatlar → DWG eksport.
- Chapdagi ro'yxatda listlarni belgilang. Listlar «ADSK_Штамп Раздел проекта» bo'yicha bo'limlarga ajratilgan: bo'lim sarlavhasini bossangiz, butun bo'lim belgilanadi. Shift + bosish — oraliqni belgilash.
- Kerak bo'lsa Набор листов dan Revitdagi tayyor to'plamni tanlang.
- O'ngda papka, fayl nomi shabloni va eksport sozlamasini tanlang.
- Eksport ni bosing. Jarayonni istalgan paytda «To'xtatish» mumkin.
- Oxirida hisobot chiqadi: tayyor fayllar, xatolar va eslatmalar.
Fayl nomi shabloni
Odatiy shablon: {Loyiha}_{Raqam}_{Nomi}. Ishlatish mumkin bo'lgan belgilar:
{Loyiha}— loyiha nomi (bo'sh bo'lsa — Revit fayl nomi){LoyihaRaqami},{Raqam},{Nomi},{Bo'lim},{Sana}
Taqiqlangan belgilar avtomatik tozalanadi, takroriy nomlarga raqam qo'shiladi, juda uzun nomlar qisqartiriladi.
Sozlamalar
- Eksport sozlamasi — loyihadagi DWG eksport sozlamalaridan biri (qatlamlar, versiya, koordinatalar). Birlik doim mm.
- Papkada shu nomli fayl bo'lsa — almashtirish, o'tkazib yuborish yoki yangi nom berish.
- Soyalarni vaqtincha o'chirish — soyalar DWG'da ortiqcha shtrixovka bo'lib chiqmasin. Eksportdan keyin hammasi qaytariladi.
- Ko'rinishlar alohida fayl (xref) — har bir ko'rinish alohida DWG bo'lib ulanadi.
- Ranglarni Revitdagidek saqlash — aniq RGB ranglar (jadval fonlari, filtrlar). Chop etishda CTB ishlatsangiz, o'chiring.
- .pcp fayllarni o'chirish — Revit yaratadigan yordamchi fayllar.
Bitta faylga birlashtirish
Galochka qo'yilsa, alohida fayllardan tashqari {Loyiha}_Hamma_listlar.dwg yaratiladi:
- har bir bo'lim alohida qatorda, listlar raqam tartibida chapdan o'ngga;
- har bir list o'z asosiy masshtabida kattalashtiriladi — chizma Model'da haqiqiy o'lchamda (mm): AutoCAD'da DIST bilan o'lchasangiz, haqiqiy masofa chiqadi;
- o'lchamlar chiziq va matnga ajratiladi, qiymatlari o'zgarmaydi.
Bu imkoniyat uchun kompyuterda AutoCAD® 2021–2024 bo'lishi kerak. Plagin yashirin AutoCAD nusxasini o'zi ochadi va yopadi — sizning ochiq AutoCAD'ingizga tegmaydi.
Listda bir nechta masshtabdagi ko'rinish bo'lsa, eng katta ko'rinish haqiqiy o'lchamda bo'ladi; qolganlari hisobotda ko'rsatiladi.
Muammolar
- «Fayl band» — fayl AutoCAD'da ochiq. Uni yoping va qayta eksport qiling.
- «AutoCAD topilmadi» — bitta faylga birlashtirish uchun AutoCAD kerak (AutoCAD LT mos emas). Alohida fayllar baribir tayyor bo'ladi.
- Jadval foni qora — «Ranglarni Revitdagidek saqlash» yoqilganini tekshiring.
- Matn boshqa shriftda — hisobotdagi shriftlar AutoCAD o'rnatilgan kompyuterda bo'lishi kerak.
Savol qoldimi? Telegram: @memorbim