Qo'llanma
Memor Tools — Autodesk® Revit® 2026 uchun instrumentlar to'plami. Bu yerda o'rnatish, sozlash va har bir instrument bilan ishlash tartibi yozilgan.
Plaginning istalgan oynasida F1 tugmasi yoki «?» belgisi shu instrumentning qo'llanmasini ochadi.
Tezkor boshlash
- O'rnatish — o'rnatuvchini ishga tushirish va birinchi ochilish.
- Sozlamalar — til, lentadagi bo'limlar, oyna masshtabi.
- DWG eksport va Listlarni raqamlash — tayyor instrumentlar.
Umumiy qoidalar
- Har bir instrumentning ishi bitta amal bo'lib yoziladi — natija yoqmasa, Ctrl+Z bir marta bosiladi.
- Xato chiqsa, Revit yopilmaydi: tushunarli xabar chiqadi, tafsilotlar log faylga yoziladi. «Nusxalash» tugmasi bilan xatoni bizga yuborishingiz mumkin.
- Muhim loyihalarda yangi instrumentni avval loyiha nusxasida sinab ko'rishni tavsiya qilamiz.
Savol qoldimi? Telegram: @memorbim