O'lcham qo'yish
Qavat planlariga GOST bo'yicha tashqi o'lcham zanjirlarini qo'yadi: proyomlar va devor bo'laklari, o'qlar oralig'i, umumiy o'lcham. Natija oldindan ko'rinadi.
Ishlash tartibi
- Lentada Me'morTools → O'lchamlar → O'lcham qo'yish.
- Yuqorida Planlar ro'yxatidan kerakli planlarni belgilang (qavatlar bo'yicha guruhlangan). Faqat listdagilar va Joriy ko'rinish filtrlari bor.
- O'ng panelda Qamrov, tomonlar va zanjirlarni tanlang. O'rtadagi oldindan ko'rish sozlamaga qarab jonli yangilanadi.
- Yaratish ni bosing. Natija bitta Ctrl+Z bilan qaytadi; O'lchamlarni o'chirish plagin qo'ygan o'lchamlarni olib tashlaydi.
Qamrov
- Butun ko'rinish — plandagi hamma tashqi devorlar.
- Tanlanganlar — Revitda tanlangan devorlar bo'ylab. Ular orasidagi bo'laklar (deraza turgan devor, vitraj) va uchiga tegib turgan vitraj yoki kolonna ham qo'shiladi. Avvalgi o'lchamlar o'chirilmaydi.
Zanjirlar
- Proyomlar va burchaklar (devor bo'laklari).
- O'qlar oralig'i.
- Chetki o'qlar oralig'i (umumiy).
- Gabarit (ixtiyoriy).
- Ichkaridagi qism (ixtiyoriy).
1, 4, 5-zanjirlar o'lcham tomonlarida, 2 va 3 — o'q tomonlarida turadi. Proyom o'lchami kenglik yoki markaz bo'yicha qo'yiladi. Vitraj cheti uning o'z impost yog'iga bog'lanadi: vitraj surilsa, o'lcham ham suriladi.
O'qlar
- O'q belgilarini faqat kerakli tomonlarda ko'rsatish mumkin.
- O'qlarni tanlash… — ba'zi o'qlarni o'lchamdan chiqarib qoldirish.
- GOST bo'yicha o'q nomlari tekshiriladi: raqamli o'qlarda
З→3,О→0,I→1; harfli o'qlarda taqiqlangan harflar (Ё З Й О Х Ц Ч Щ Ъ Ы Ь) qayta harflanadi. GOST bo'yicha tuzatish… ni bosganda o'zgarishlar bitta Ctrl+Z bilan qaytadi. Nomlar to'qnashsa, o'zgartirilmaydi.
Sozlamalar
Oynaning pastki chap burchagidagi Sozlamalar: profil (saqlash, eksport, import), o'lcham turi, masofalar (listdagi mm, masshtabga ko'paytiriladi), proyomlar, pardoz devorlari, pog'onali fasad. Profillar bilan turli loyihalar uchun sozlamalarni almashtirish mumkin.
Tez o'lcham
Lentadagi Tez o'lcham oynasiz ishlaydi: joriy planga oxirgi sozlamalar bilan o'lcham qo'yadi. Revitda elementlar tanlangan bo'lsa — faqat shularga.
Savol qoldimi? Telegram: @memor_bim