Eshiklar jadvali
Loyihadagi eshiklardan qavatlar bo'yicha spetsifikatsiya, har tur uchun razvertka (legenda) va list yaratadi. Qayta ishga tushirsangiz, o'zi yaratganini yangilaydi.
Ishlash tartibi
- Lentada Me'morTools → Arxitektura → Eshiklar jadvali.
- Markalar: Faqat bo'shlari (mavjud markalar tegilmaydi) yoki Hammasini qaytadan. Guruh prefiksi odatda
ДВ-, raqamlar yuzasi kattasidan boshlanadi. - Kerak bo'lsa Qavatlar… oynasida qavat raqamlarini qo'lda to'g'rilang.
- Yaratishni bosing. Jadval, razvertka va list bitta Ctrl+Z bilan qaytadi.
Jadval
- Loyihada ADSK jadvali (qavat ustunli) bo'lsa — o'sha ishlatiladi, tuzilishi o'zgartirilmaydi. Plagin faqat qavat raqami va markani yozadi, ishlatilmagan qavat ustunlarini yashiradi.
- ADSK jadvali bo'lmasa — plagin o'z jadvalini yaratadi: Марка, Обозначение, Наименование, Размер, Открывание, qavatlar bo'yicha miqdor, Кол., Масса, Примечание.
Razvertka (legenda)
Har eshik turi legendada old tomondan ko'rsatiladi. Har eshik ustida yozuv: marka, qavat va soni, masalan Д-5 / 1 этаж (2шт). Loyihada legenda komponenti bo'lmasa, plagin xabar beradi: Аннотации → Компонент → Компонент легенды orqali bitta qo'ying.
Ochilish tomoni
ГОСТ 475-2016 bo'yicha Рп / Рл. Tomon ADSK_Открывание, tur nomi yoki oila nomidan olinadi; topilmasa, qo'lda belgilanadi.
To'qnashuvlar
Bir markada turli o'lcham yoki nom bo'lsa, yaratish to'xtaydi va sabab ko'rsatiladi. Buzilgan va ichma-ich nusxalar hisobga olinmaydi.
Muhim loyihada avval loyiha nusxasida sinab ko'ring.
Savol qoldimi? Telegram: @memor_bim